Bitiruv ishi va ilmiy rahbarni tanlash platformasi

Oliy ta'lim muassasalarida yakuniy davlat attestasiyasini o‘tkazishning asosiy shartlaridan biri bu bakalavr darajasida bitiruv malakaviy ishini yoki magistraturada magistrlik dissertasiyasini tayyorlashdir [1].

Shu bilan birga, Toshkent davlat yuridik universiteti Kengashi tomonidan asosiy talablar, ishni tayyorlash va uni himoya qilish tartibi bayon qilingan bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertasiyalari bo‘yicha tegishli nizomlar tasdiqlangan.

Bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertasiyasi (keyingi o‘rinlarda bitiruv ishi deb yuritiladi) tegishli ravishda bakalavriat va magistratura talabalari tomonidan o‘quv jarayonida olingan bilimlarga asoslangan holda ma'lum bir fan doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning amaliy natijasidir. Bitiruv ishi olingan nazariy va amaliy bilimlar darajasidan dalolat beradi. Binobarin, bitiruv ishi o‘quv rejasini o‘zlashtirish ko‘rsatkichidir.

Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash va yozishning birinchi bosqichi tadqiqot mavzusi va ilmiy rahbarni tanlash bo‘lib hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining mavzulari muayyan muammo yoki amaliy masalani hal qilishga qaratilgan yuridik mutaxassislikning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lishi zarur.

Mavzu va ilmiy rahbarni tanlash uchun soddalashtirilgan va qulay imkoniyat yaratish maqsadida TDYUda maxsus https://topic.tsul.uz elektron platformasi yaratilgan bo‘lib, mazkur platforma jarayonning qulayligi va shaffofligini ta'minlaydi.

Ushbu platformada talaba pasport ma'lumotlarini kiritadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z yo‘nalishi (ixtisosligi) bo‘yicha kafedralar tanloviga o‘tadi va tegishli kafedrani tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kafedrani tanlagandan so‘ng, talaba mavzular ro‘yxati keltirilgan sahifaga kiradi, shuningdek, o‘z mavzusini taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talaba mavzuni tanlagan yoki taklif qilganidan so‘ng, ilmiy rahbarni tanlash uchun mo‘ljallangan sahifaga o‘tadi. Ushbu jarayonni amalga oshirgandan so‘ng talaba mavzu va ilmiy rahbarni tanlagan hisoblanadi. Shu bilan birga, tanlangan mavzular, shuningdek, limiti tugagan ilmiy rahbarlar talabaning tanlashi uchun imkonsiz holatda bo‘ladi.

Ushbu jarayondan so‘ng talabalar ro‘yxati avtomatik ravishda mavzu nomi va tayinlangan ilmiy rahbar bilan birga shakllanadi, kafedralar, dekanatlar va O‘quv-uslubiy boshqarma ushbu ro‘yxat bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi, mazkur ro‘yxat universitet rektorining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

[1] Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасалари битирувчиларининг якуний давлат аттестацияси тўғрисидаги низом – https://lex.uz/docs/1485547

Mening mavzuim
Eng ko'p tanlangan o'qituvchilar
  • Rahmonqulova Nilufar Hoji-Akbarovna

    Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik | Xalqaro xususiy huquq kafedrasi
    9
  • Ходжаев Бахшилло Камалович

    Xususiy huquq | Biznes huquqi kafedrasi
    9
  • Окюлов Оманбай XXX

    Xususiy huquq | Fuqarolik huquqi kafedrasi
    9
  • Gulyamov Said Saidaxrarovich

    Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik | Xalqaro xususiy huquq kafedrasi
    9
  • Хабибуллаев Давлатжон Юлчибоевич

    Xususiy huquq | Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi
    9
Ohirgi tanlangan mavzular
  • Internet texnologiyalaridan foydalangan holda tovarlarni sotishni huquqiy tartibga solish

    Xususiy huquq | Fuqarolik huquqi kafedrasi
  • Ўзбекистонда давлат органлари фаолияти самарадорлигини баҳолашнинг ташкилий-ҳуқуқий масалалари

    Magistr | Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi
  • Давлат хокимияти органлари ва уларнинг раҳбарлари фаолияти самарадорлигини баҳолашнинг ташкилий-ҳуқуқий асосларини такомиллаштириш

    Magistr | Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi
  • Лафзсизлик тўлови мажбуриятни таъминлаш усули сифатида

    Xususiy huquq | Fuqarolik huquqi kafedrasi
  • Акциядорлик жамиятида дивиденд тўлашни ҳуқуқий тартибга солишни такомиллаштириш масалалари

    Xususiy huquq | Biznes huquqi kafedrasi